Category Archives: Oddiy maqolalar

9-sinf Informatika 43-dars

46-dars.

1. Uchta to’g’ri to’rtburchakning har birining bittadan diagonali uchlarining koordinatalari berilgan: 1) 20,20 va 80,200;   2) 200,97 va 500,156;  3) 300,120 va 400,420. Shu to’g’ri to’rtburchaklarni mos ravishda qizil, sariq va yashil ranglarda chizish dasturini tuzing.

uses graph; var gd,gm:integer;

procedure nom(x1,y1,x2,y2,rang:integer);

begin  setcolor(rang);

rectangle(x1,y1,x2,y2); end;

begin

gd:=0; initgraph(gd,gm,»);

nom(20,20,80,200,4);

nom(200,97,500,156,14);

nom(300,120,400,420,2);

readln; closegraph; end.

2. Berilgan n natural son uchun S=1∙5+2∙6+3∙7+…+n∙(n+4) yig’indini hisoblash dasturini protsedura yordamida tuzing.

var n,i:integer; s:longint;

procedure daraja(n:integer);

begin

for i:=1 to n do s:=s+i*(i+4); write(‘Yig`indi:’,s); end;

begin

write(‘n=’); readln(n); daraja(n);

readln;

end.

 

3. Uchta sondan kattasini topish dasturini tuzing. Buning uchun ikkita sondan kattasini topish funksiyasini tuzib, undan foydalaning.

var i,a,b,c,max:integer;

function katta(a,b:integer):integer;

var c:integer;

begin if a>b then c:=a else c:=b; katta:=c; end;

begin

write(‘a=’); readln(a);

write(‘b=’); readln(b);

write(‘c=’); readln(c);

a:=katta(a,b); b:=c;

max:=katta(a,b);

writeln(‘Eng kattasi: ‘,max); readln; end.

 

O’zbekistonda qabul qilingan yillarning nomlanishlari

1991-yil – “A. Navoiy” yili
1992-yil – “A. Yassaviy” yili
1993-yil – “M. Bobur” yili
1994-yil – “MirzoUlug’bek” yili
1995-yil – “Bolalar” yili
1996-yil – “Amir Temut” yili
1997-yil – “Inson manfaatlari” yili
1998-yil – “Oila” yili
1999-yil – “Ayollar” yili
2000-yil – “Sog’lom avlod” yili
2001-yil – “Onalar va bolalar” yili
2002-yil – “Qariyalarni qadirlash” yili
2003-yil – “Odob mahallar” yili
2004-yil – “Mehr-muruvvat” yili
2005-yil – “Sihat salomatlik” yili
2006-yil – “Homiylar va shifokorlar” yili
2007-yil – “Ijtimoiy himoya” yili
2008-yil – “Yoshlar” yili
2009-yil – “Qishloq taraqqiyoti va faravonligi” yili
2010-yil – “Barkamol avlod” yili
2011-yil – “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” yili
2012-yil – “Mustahkam oila” yili
2013-yil – “Odod turmush” yili

Kasblar alifbosi

>>> Yuklab olish <<<

KASBLAR ALIFBOSI
1-sinf


O’qituvchi

Bilim olib chinakam,
O’rganamiz harf, raqam.
Hammaga berar ta’lim,
O’qituvchi – muallim.

Haydovchi
Mashinada, poezdda,
Tramvayda – temir izda
Ziyrak, mohir haydovchi,
Tashir yuk va yo’lovchi.

Gulchi
Gulchi har kun yozu-qish
qilar gulni parvarish.
Bayramda-chi, birpasda,
Tutar sizga guldasta.

Hamshira
Davo olganda bemor
muolajalar darkor.
Charchamas ishlab sira,
Oq xalatli hamshira.

Kutubxonachi
Kutubxonachi opa
biz kelsak kitob topar.
Ilm oling, o’qing der,
Va bilimdon bo’ling der.

quruvchi
Suvoqchi, g’isht teruvchi,
Tomni yopib beruvchi,
Ko’p ishlarni biluvchi
Ular bari – quruvchi.

Dehqon
Dalasiga olib yo’l,
Dehqon ko’zlar hosil mo’l.
O’z ishiga u usta
Xirmon uyadi kuzda.

Tikuvchi
Tikuvchi ko’p ter to’kar,
Tikuvchi ko’ylak tikar.
Yubka, shimu, kamzulcha,
Sarafan, xalat, nimcha.

Nonvoy
Nonvoy nonin yopadi,
Elda hurmat topadi.
Yozilganda dasturxon
qo’yiladi avval non.

Shifokor

Dard bor joyda darmon bor
Buni bilar shifokor,
Shundan kim bo’lsa bemor
Tuzatishga u tayyor.

Musiqachi
Dutor, tanbur, nay va soz
Ohanglar o’ziga xos.
Musiqachi kuy chalar,
Odamlar bahra olar

Harbiy
Harbiylar doim sergak,
Ular jasur, sheryurak.
Shahdam tashlab qadamin
qo’riqlashar Vatanin.

Sportchi
Boks, kurash, shaxmat, shashka
Yana ko’p turlar boshqa.
Sportchilar kuch sinashar,
Aql, sog’lik birlashar.

Paxtakor
Paxta ochilgan palla
Oppoq bo’ladi dala.
Chigit qadab har bahor
Hosil olar paxtakor.

Bog’bon
Bog’bon qaddi bo’lib dol
Ekar, sug’orar nihol.
Mevaga kirganda bog’
Bog’bon qaddi bo’lar tog’.

Arxitektor
Arxitektor chizadi
O’z rejasin tuzadi,
so’ng qurilar bino, uy
Go’zal shahar cho’zar bo’y.

Tarbiyachi
Tarbiyaning, albatta,
Vazifalari katta.
Bolalarga parvona
Tarbiyachi ham ona.

Soatsoz
Vaqtni hamma bilsin, deb
Ishin tashkil qilsin, deb
Soat to’xtasa bir oz
Tuzatadi soatsoz.

Duradgor
Duradgor qoqadi pol,
Yasar eshik, rom darhol.
So’ng esa yo’nib taxta
qilar zumda xontaxta.
Sotuvchi
Sotuvchi savdo qilar,
Muomalani bilar.
Asosiysi minnatdor
Bo’lib ketsin xaridor.
Uchuvchi
Samolyotdan uchuvchi,
Samolarni quchuvchi
Pastlab uchib, shunday der:
Salom Vatan, ona er!

Rassom
Mana mato, moybo’yoq,
Rasmda cho’l, bog’u-rog’.
Hayotdan olib ilhom
Uni tasvirlar rassom.

Veterinar
Veterinar ham do’xtir
U kelgach tashvish yo’qdir.
Jonivorlarni tuzatar
Sog’aytirib kuzatar.

O’t o’chiruvchi
Olovga kim kelar bas,
Bu ish qiyin, osonmas
O’t o’chiruvchi odam
Kulfatni engar bardam.

Oshpaz
Palov, manti va lag’mon
Buncha shirindir taom
Ovqat pishirsa oshpaz
Ko’rib qilasan havas.

2-sinf
Astronom
Durbindan osmon tomon
qarab so’zlar astronom
Yulduzlarning burjini
Yog’dusining kuchini
Tanir qarab bir bora
qayda qaysi sayyora.

qandolatchi
qandolatchiga rahmat
Charchamas qilib xizmat.
Tayyorlar novvot, konfet
Mahoratin ko’rib ket.
Tanla, nimalar kerak
Parvarda, holva, pashmak?

Kosmonavt
O’zganday kometadan
Samoda raketada
Oyni aylanib zir-zir
Uchib yurgan fazogir.
Juda kuchli hamda mard
Va bilimli kosmonavt.

Sartarosh
Sartarosh sizga qarar
Sochlaringizni tarar,
qirtishlab sochni olar,
Ba’zan o’ylanib qolar.
O’ylar Sizlarga kerak,
qanday tusdagi turmak.

O’rmonchi
O’rmonchi uchun farzand
O’rmondagi har daraxt
U bilar axir o’rmon
Sof havo, dardga darmon,.
Taxta, elimu qog’oz
Va boylikdir beqiyos.

qo’shiqchi
qo’shiqchi aytar qo’shiq
Unga mehrini qo’shib
qo’shiq kiradi dilga,
qo’shiq ko’chadi tilga.
Hamma uni kuylaydi
Orzularin o’ylaydi.

Yozuvchi
Yozuvchi topar g’oya
Yoziladi hikoya.
Yoki yozadi qissa
qissadan izlang hissa.
Gohida yillab yozar
Roman – eng katta asar.

g’avvos
Kiyimi – kasbiga mos
qutqaruvchidir g’avvos.
Kechiktirmay bir damni
suvga cho’kkan odamni
qutqaradi bir zumda
Sergaklik ko’pdir unda.

Zardo’z
Iplari zar va ipak
Do’ppiga tikar bezak.
Ko’rsang yayrab ketar ko’z
Shunaqa mohir zardo’z.
U tikkan naqshli ko’ylak
Raqqosalarga bezak.

Kulol
Kulol izlar soz tuproq
Idish uchun mos tuproq
Loyni pishitar rosa
Zo’r chiqsin ko’za, kosa
Idishlar qator-qator
Unda kulol mehri bor.

Ipakchi
Ipakchi ipak olar
Pillani suvga solar
Unga berilgach ishlov
Iplar ajralar darrov
Ipak ip o’ram-o’ram
Ko’payib ketar biram.

Stomatolog
Uning asosiy ishi
Sog’ ko’rish sening tishing
Tishlaringni tuzatar
Yana doim eslatar
Chaqma tishlarda yong’oq
Ularni tut toza, sog’.

Kapitan
qaytmas aslo gapidan
Mard, bilimli kapitan
U kemani boshqarar
Kemadadir boshqalar.
Kema shamoldan o’zar
Okean bo’ylab suzar.

Tsirkchi
Tsirkchi quvnoq hamisha
Tsirkda ko’pdir tomosha
Tsirkchilar, kimlar ular?
Hayvon o’rgatuvchilar.
Jonglyoru, masharaboz
Akrobat yoki dorboz.

Suratchi
Olib fotoapparat
qilib oddiy harakat
Suratchi surat olar
U esdalikka qolar.
Deydi: qilinglar diqqat
Chiroyli chiqsin surat.

Militsioner
Militsioner, jasur mard
Shunday bo’lishi ham shart
Uchrasa tartibbuzar
Darrov yo’lini to’sar.
Istar janjaldan holi
Tinch yashasin aholi.

DAN xodimi
DAN bu avtonazorat
Bo’lmasin deb halokat
DAN xodimi albatta
O’tkazar nazoratdan
Haydovchining hujjatin
Mashinaning holatin.

Usta
Asli etikdo’z usta
Etik tikishga usta.
Deydi: qarang, oshnalar,
Taq-tuq qilar poshnalar.
Etik kichikmi, katta
Bo’lar a’lo sifatda.

Laborant
Ilmiy texnik laborant
Tayyorlaydi preparat.
Zarur asbob etkazar,
Goh tajriba o’tkazar.
Tahlillarni qiladi.
Shuncha narsa biladi.

Tokar
qancha ko’z nurin to’kar
Ishi bitguncha tokar.
Hatto bir mitti detal
Ko’p mehnat talab etar.
Kichkinagina jism
Asbobda zarur qism.

Pochtachi
Bir oz fursat ichida
O’tib tanish kchadan
Pochtachi xat eltadi
Ishlarni hal etadi.
Tezroq olsin der hamma,
Gazeta, telegramma.

Raqqos
O’z ishin sevgan raqqos
Yurtda topadi e’zoz.
Yangrasa o’yin kuyi
Raqs tushar mehr qo’yib.
Uning raqsiyu, navo
Beradi dam va davo.

Suxandon
Televizordan har on
So’zlay boshlar suxandon
Nutqi go’zal va ravon
Shunday so’zlar suxandon
Tomoshabin uzmas ko’z
qolib ketmas biror so’z.

Traktorchi
U haydaydi traktor
Traktor nega kerakdir?
Temir arava tirkab
Ular tushishar yo’lga,
So’ngra tashishar birga.
Turli yukni manzilga.

Cho’pon
Cho’pon qo’yni boqadi,
Bu ish unga yoqadi.
Otarini tog’larga,
Juda uzoq yoqlarga,
Olib boradi qirga,
Dala, yashil adirga.

3-sinf
Kotiba
Kotibaning ko’p ishi:
Kimning bo’lsa yumushi
U rahbarga etkazar,
Va ro’yhatdan o’tkazar
Jiringlaydi telefon,
Faks keladi shu zamon.
Hamma bilan u doim
So’zlashadi muloyim.

Elektrchi
Bo’lmay qolsa agar tok
Hammada kayfiyat yo’q.
Muzlatgich ham muzlamas
Radio ham so’zlamas.
Elektrchi kelgach ammo
qolmaydi hech muammo.
Nuqsonlar tuzatilar,
Tok simdan uzatilar.

Dasturchi
Dasturchi dastur tuzar,
Dasturlar dunyo kezar.
Har sohada odamga
Dastur kelar yordamga.
Dasturlarning ko’p turi
Ta’lim berish dasturi
Tekshiruvchi ham ular,
Yo tarjimon dasturlar

Bo’yoqchi
Ishlab ketgach bo’yoqchi
qani xonangga boqchi
Eshik, romlar oq bo’yoq.
Buncha yorug’ hammayoq.
Devorlar nafis, pushti
Nigohim polga tushdi.
Go’yo oynaday qarang
Pol chiroyli, jigarrang.

Payvandchi
Payvandchi ish bilan band
Temirni qilar payvand:
Gaz va suv quvurlarni,
Temirli so’rilarni.
U yasagan panjara
Chiroylidir qanchalar.
U o’rnatgan darvoza
Chidamli, pishiq rosa.

Styuardessa
Samolyot malikasi,
Uning go’zal bekasi
Yo’lovchilarga har vaqt
Osmonda qilar xizmat.
Keltiradi tushlik, suv
Xushmuomala juda u.
Manzilga etgan zamon
qiladi buni e’lon.

Fermer
Fermerlar ham tadbirkor
Ularning fermasi bor.
Tovuq, yilqi, mol ferma
Jonzotlar go’yo terma.
Fermer g’amlashi kerak
Bariga don-dun, hashak.
Buzilmasa qoida
Ishlar bo’lar joyida.

Bankir
Bankir bankda ishlaydi,
U hisobni xushlaydi.
Kredit, lizing va foiz,
Joyida bo’lmoq joiz.
Foyda keltirar pullar.
Muomalada bo’lar.
Bankirlarda doim taxt
Shartnoma, barcha hujjat.

Ofitsiant
Restoranu kafeda,
Ishlar tirbanddir juda.
Mijozlarga ofitsiant
Xizmat qilish bilan band.
Xohish – istagiga xos
Ovqat buyurar mijoz.
Ofitsiant elib yurar,
Buyurtma tayyor bo’lar.

Ganjkor
Go’zallik taratuvchi
Naqshlarni yaratuvchi,
Ganjkor ishiga usta
Naqshlari nafis tusda.
Yog’ochga o’yiladi,
Devorga qo’yiladi.
Ganjni ko’rgach albatta
Hamma tushar hayratga.

Sudya
Sudya har bir holatda
Deydi: Kuch adolatda
Haqli bo’lganda davo
Jinoyat olar jazo.
So’zlar aybdor, tergovchi
Guvoh bilan oqlovchi.
So’ng sudya ishni yopar
Adolat qaror topar.

Shaxtyor
Shaxtachi shaxtasida
O’z mehnat vaxtasida
Bolg’asi ishlar zir-zir
qazib chiqarar ko’mir
U ortilib vagonga
Ketar turli tomonga
shaxtyor ishlaydigan er
Er osti-chuqur tunnel.

Geolog
Geolog ma’dan izlar
Uni topishni ko’zlar.
Kezar adir-tog’larni,
qadam etmas yoqlarni.
Siz bilarsiz xoynahoy
Yurtimiz konlarga boy.
Oltinu, mis, neft va gaz
Bular hammasi emas.

Metro haydovchisi
Metroning haydovchisi
Uning ko’p yo’lovchisi
Bekat-haqiqiy saroy
Er ostidan olgan joy.
Yo’llar esa temir iz.
Undan chopqillar poezd.
Ildam yurar oldinga
Vaqti tengdir oltinga.

Jurnalist
Mahoratli jurnalist
Ma’lumotni juda tez
qilar bizga havola
Yozar qiziq maqola
Reportaj olib borar
Dunyoga dovrug’ solar
Goh katta, koho kichik
Etkazadi yangilik.

Dirijyor
Orkestrni qilib jo’r
Boshqaradi dirijyor
Notadadir diqqati
Uning har harakati.
Nimanidir anglatar,
Turli ohang yangratar
Ohanglari baland-past
Kuyning sehri qilar mast.

Metro xodimi
Metro xodimi hushyor
Metroning tartibi bor.
Bo’lmasin xavfli holat
Shuni qilar nazorat.
Der biror tashvish topmang,
Eskalatordan chopmang.
Chiziqdan o’tmang tag’in,
Poezdga kelmang yaqin.

Telefon operatori
Kim muhtoj ma’lumotga
09 tushar yodga.
Raqamlarni terasiz,
Savollarni berasiz.
Operatordan shu tob
Olasiz zarur javob.
Berar telefon raqam
Zarur ma’lumotni ham.

Bichuvchi
Tikilish uchun ko’ylak
U bichilishi kerak.
Bichuvchi kelsa darrov
Oladi sizdan o’lchov
qaychi uning qo’lida
Yurar chiziq yo’lidan
Bichim bo’lsa sizga mos.
qilmagaysiz e’tiroz.

Modeler
Modeler tanlar moda,
Modalar ko’pdir juda,
Turli uslublarga mos,
Tanlar, yaratar libos.
Ishlatib bilim kuchin,
O’qish uchun, ish uchun,
Bolalarga, qizlarga
Moda chizar bizlarga.

Samolyotsoz
Kasbidan topib e’zoz
Ishlaydi samolyotsoz.
Katta, ulkan samolyot
Zavodda qilingan but.
qismlardan yig’ilgan.
Mahkamlanib chiqilgan.
Samolyot qilsa parvoz
quvonar samolyotsoz.

Rejisser
qo’yilsa sahna asar
Kino ishlansa agar
Eng asosiy odam bor
Bu kishidir rejissyor
Asarni olib qo’lga,
Artistni tanlar rolga.
Kino qo’yilguncha to
Ishlar o’tkazmay xato.

Gilamdo’z
Gilamiga yo’qdir so’z
Mehnatkashdir gilamdo’z.
Bir uyumdir ip o’ram
Rang-barang ular biram.
Bu iplarga berib rang.
Gilamni to’qir tarang.
Gilamlar qalin, holi
Biror nuqsondan holi.

Misgar
Ne qilar dersiz misgar,
qarab tursangiz agar,
U misdan yasar faqat,
Idishlar, zebi-ziynat.
Mana ko’za, mana xum
Tinmay ishlaydi bir zum.
Bu xunar o’ziga xos
Ajdodlardan u meros.

Geodezist
Geo-so’z ma’nosi er
Geodeziyachi der:
Er shaklu shamoyilin
O’rganish bu ham ilm.
qayga borsak biz darrov
Olamiz erdan o’lchov.
Avval reja tuzamiz
Keyin chizma chizamiz.
qog’ozda chiziq, rasm
Budir erning chizmasi.
4-sinf
Radioboshlovchi
Radio murvatin bur
Endi bir oz tinglab ko’r
Kelar yoqimli ovoz
So’zlarida ehtiros.
Hox yoz bo’lsin, yoki qish
Boshlanar eshittirish.
Radio boshlovchisi
Ko’ngillar xushlovchisi
So’zlar turli mavzuda
Bari ma’noli juda.
qarshisida mikrofon,
Uni tinglaydi jahon.

Aptekachi
Aptekachi-farmatsevt
qo’lingda bo’lsa retsept
Beradi dorilarni
Va darmondorilarni
Kerak bo’lsa maslahat
Deydi keling, marhamat
Mana kukun va malham.
Suyuq, qattiq dori ham.
Bu balg’amni pishirar,
Bu issiqni tushirar,
Bundan og’riq qoladi,
Bu ko’p dardni oladi.

Metereolog
Metereolog bilar
Ob-havo qanday bo’lar.
Balki yomg’ir yog’adi,
Yoki chaqmoq chaqadi,
Do’l yog’armi, yoki qor
Balki ko’chki xavfi bor
U beradi axborot
Zarur barcha ma’lumot
Daladagi dehqonga,
Haydovchiga, posbonga,
Tog’dagi cho’ponlarga,
Va barcha insonlarga.

Santexnik
Uyimiz bizga yoqar
Kranni bur, suvlar oqar,
Ammo buzilganda kran
Xafa bo’lamiz birdan.
Yoki teshilsa quvur
Bu ham ancha yomondir.
Kimga beraylik darak
Bizga santexnik kerak.
U kelar shoshib shu tob.
qo’lida zarur asbob
Kranlarni tuzatar u
Mana burang kelar suv.

Arxeolog
qadimiydir bizning er
Tarixi milliardlab yil.
Erda har qarich tuproq
qancha sirlardan ogoh.
Arxeolog-shunday zot
O’tmishda qanday hayot
Bo’lganin bilmoq uchun
Sarf qilar butun kuchin.
Er qazilgach u topar
qal’a hattoki shahar.
O’rgangach go’yo bunyod
Bo’lar qadimiy hayot.

Ekskursiyachi
Turistlar bo’lsa mehmon
Yo’l olsa shahar tomon
Ularga bo’lar har chog’
Bilimli inson hamroh.
Ekskursiyachi – gid,
Unda yuksak bilim-did.
Shahar bo’ylab boshlaydi,
So’zlar sekin, shoshmaydi.
Kim bersa biror savol
Javob topar bemalol.
Tarix, hozirgi zamon
Bo’lar zumda namoyon.

Sut sog’uvchi
Sut sog’uvchi sut sog’ar
Sut daryo bo’lib oqar.
Avval chelakka to’lar
Bidonlar kerak bo’lar.
So’ngra ortilib bari
Yo’l olar manzil sari.
Mashinalarda ketar
Hammamizga ham etar.
qatiq ivir tokchada,
Bo’tqa pishar bog’chada.
Bo’lar suzma, sariyog’
Separatorda qaymoq.

Muzey xodimi
Aytsam kasbning nomini
Oddiy muzey xodimi
Agar o’ylab qaralsa
Muzeydagi har narsa
Xodimga qadrlidir.
Bari qimmatli, nodir.
Har buyum turli-tuman,
Unda aks etar Vatan,
Yoki uning parchasi
Eksponatning barchasi
Avaylanar saqlanar
qo’lyozmalar taxlanar.

Agronom
Juda sharafli bu nom
Agronom bu agronom.
Bilar qay iqlim, tuproq
qaysi navga yaxshiroq
Mo’l bo’lish uchun hosil
Sinab ko’rar ko’p usul.
Hatto unumsiz tuproq
U bilan ekin, bog’-rog’.
Yana qilar e’tibor.
Kasallanmasin nihol.
O’simlik shifokori,
O’sishga madadkori.

Avtochilangar
Urilsa avtoulov
Kim kerak bo’lar darrov
Shunday hal bo’lsa agar
Zarur avtochilangar.
Mashinani rostlar u,
Pachoq joyin sozlar u,
Payvandlanar temirlar
O’tkazilar ta’mirlar.
Sepilgach unga bo’yoq
Ko’rganlar ham deydi oh.
Buncha chiroyli rangi
Mashina go’yo yangi.

Asalarichi
qarang, yalanglikda bor
Uychalar qator-qator.
Borsangiz ular tomon
Asalarilar g’ujg’on.
Yuziga niqob taqib,
Arilarini boqib,
Ketar asalarichi,
Shu ishga sarflar kuchin.
Goh aylanib chiqadi,
Goho asal yig’adi.
Sizga yuborar asal
Deydi : bo’lmanglar kasal.

Nozimxona xodimi
Shamoldek uchgan poezd
Trolleybus yo avtobus.
Tramvay yo’nalish olgan
barin tartibga solgan.
Kimdir, ayting otini
Nozimxona xodimi.
qatnovni u odatda
Ushlaydi nazoratda.
Har qatnovni albatta
Belgilaydi ro’yxatdi.
Yo’nalishda biror hol
Bo’lsa eshitar darhol.

Kinolog
Kinolog bu kim o’zi?
Bilasiz o’qib so’zim
U itlarni o’rganar
Va mashqlarga o’rgatar.
Hiddan izni olishga,
Dushmanga chang solishga,
Bo’lishga ziyrak soqchi
Chegarada poyloqchi.
Ovni chaqqon tutishga
To’siqlardan o’tishga
Ko’p hollarda odamga
Kelish uchun yordamga.

Psixolog
Insonning ahvolini
Ruhiyati, holini
O’rganadi ruhshunos
Savollari shunga mos
Ruhingiz tushgan mahal
Muammoni qilar hal
Garchi qiyin vaziyat
Deydi: chekmang aziyat
O’tkazadi test sinov
Va shunga qarab darrov
Tuzatishga kirishar
Maqsadiga erishar.

Temirchi
Oddiy temirni olib
Uni shaklga solib
Temirchi yasar ketmon
Bu ish emasdir oson
Temirga berar ishlov
Bosqondan chiqar olov.
Cho’g’day qiziydi ketmon
Ishga tushadi sandon
Shu usulda albatta
Yasalar tesha, bolta
Yana nima zarurroq?
Belkurak bilan o’roq.

Buxgalter
O’zing bir o’ylab top-chi
Nima qilar hisobchi?
Savolimda bor javob
U qilar hisob-kitob
Oylik maosh, mukofot
Bariga bor hisobot.
Olingan soliq miqdor
Nafaqa ham unda bor.
Hisobotni oladi,
Kompyuterga soladi.
Hisob sizga havola
Yana bormi savollar?

Landshaft dizayneri
Landshaft ne? O’ylab qara,
Bir xil er bu, manzara.
Bir xillikni bezay der
Shu sohada dizayner.
Rassom sezgisi, hamda
Yuksak did bordir unda.
Binoga bo’lsin monand,
Maydonda ko’kat, daraxt.
Naqshdek ekilgan gullar
Go’zal tus hosil qilar.
Eng oddiy ko’rimsiz joy
U bo’lsa ochar chiroy.

Haykaltarosh
Toshlarni qilib tarosh
Ishlaydi haykaltarosh.
U bilan birga-birga
Toshlar kiradi tilga.
Mana serviqor, baland
Ulkan haykal rostlar qad.
Go’yo jonlanar siymo,
qanot yozgan tosh xumo.
Ko’zlarida ifoda
Topar orzu, iroda.
Tayyor bo’lganda haykal,
Unga berilar sayqal.

Chavandoz
Eng avvalo chavandoz
Otini qilar e’zoz.
Biror kun qolmas tinib,
Mashq qiladi ot minib.
Mahorat ham albatta,
Paydo bo’lar mehnatda.
Ko’pkarini u kutar
Musobaqada yutar.
Chavandoz shuni bilar
Kimda kim mehnat qilar,
Shunga yarasha mudom
Topar obro’, ehtirom.

Broker
Broker aslida dallol,
Mijoz bo’lsin minnatdor
Deya elib yugurar.
Ko’p ishlarga ulgurar.
Ishning ko’zin biladi.
Oldi-sotdi qiladi.
Tuzar bitim-shartnoma
Ko’l bo’lar toma-toma.
Uning bir nomi-makler
Ishlar halol to’kib ter.
Shartnomaga erishar
Ikki tomon kelishar.

Zoolog
Hayvonot dunyosi keng,
Turlari anchaga teng.
Zoolog shunday odam,
O’rganar tinmay har dam.
qushlarni, hayvonotni
O’rgimchak, hashoratni.
Tuzilishu turlarin
Rivojlanish sirlarin.
qay iqlimga mosligin
Va o’ziga xosligin.
Bilar ko’plab hayvonot
Olamidan ma’lumot.

Etnolog
Suvlar ko’pdek ummonda
Odam ko’pdir jahonda.
Ular xalqqa birlashgan,
Xalq xalq bilan tillashgan.
Etnolog bu xalqshunos.
Etnik birliklarga xos
Urfidan qat’iy nazar,
O’xshashlikni o’rganar.
O’rganadi qaysi xalq
Tarixi nimada farq.
Tarix sahnida qay vaqt,
Yo’qolgan qaysi elat.

Baliqchi
Baliqchi fursat kutar
Baliqchi baliq tutar.
Baliq tutish vaqti bor
Bunga berar e’tibor.
Tashlar qarmoq yoki to’r
Ov bo’lishi uchun zo’r.
Izlar baliq ko’p joyni
Daryo, ko’l yoki soyni.
qayiqda daryo kezar
Yaxshi ov joyni sezar.
To’rga tushsa agar ov
qayiqqa solar darrov.

Ixtiolog
Baliqlar turin qiyos
qiladi baliqshunos.
O’tkazadi tadqiqot
Yig’ar ko’plab ma’lumot.
Barin hulosa qilar
Baliqlar haqda bilar.
Eng noyob turlarini
Harakat sirlarini.
Suv saltanati ichra.
qayda qay turi uchrar
qayga yo’nalar to’da.
Va qaydan suzib o’tar.

Bastakor
qo’shiqqa kuy yaratib,
Ko’ngillarni yayratib
Ishlar doim bastakor.
Uning kuyi betakror.
So’zga navo bastalar.
Go’yoki guldastalar,
qo’shiqlar paydo bo’lar
Dillarga yoqar ular
Kimki eshitsa qo’shiq
Birdan ketadi jo’shib.
qo’shiq yozadi qanot
Ko’ngillarni etar shod.

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 9-maktab
Matematika-informatika o’qituvchisi
Mansurjon Kamolov Muhammadovich

>>> Yuklab olish <<<