8-sinf INFORMATIKA

8-sinflar uchun   D A R S     K O N S P E K T I

Fan:                       Informatika

Mavzu:                                 Kompyuter texnikasi vositalari

Sana:                     18-sentabr  8-“A”  sinfda,      18-sentabr  8-B sinfda,       18-sentabr 8-“D” sinfda

 Dars maqsadi:

Ta`limiy.                               O’quvchilarga zamonaviy kompyuterlarning qurilmalari ularning vazifalari haqida ma`lumot berish

  1.                           O’quvchilarni Vatanparvar, fidoiy yoshlar kabi kamol toptirish, axloqiy tarbiya berish.
  2.                O’quvchilarning darsdagi diqqatini shakllantirish, kompyuterlarda ishlash qobiliyatlarini o’stirish.

 

Dars turi:                             Yangi bilim beruvchi dars

Dars uslubi:                        Yozma, o’gzaki

Dars usuli:                           Baxs-munozara, aqliy hujum, savol-javoblar

Dars jihozi:                         Darslik, kompyuter, proyektor, ekran.

Dars borishi:

a) tashkiliy qism:                                o’quvchilar bilan salomlashish, sinfxona holati, sinfda psixologik iqlim yaratish

b) o’tilgan mavzuni takrorlash:      EHM avlodlari haqida ma`lumot.

Protsessor haqida so‘zlash.

c) yangi mavzu bayoni.

 

Kompyuter texnikasi hozirgi kunga kelib zamon talabiga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda quyidagi kompyuter texnikasi vositalari mavjud. Disklar, printerlar, skanerlar, modemlar, multimedia vositalridir.

Disklar uch xil bo’ladi, egiluvchan, qattiq va kompakt disklar. Egiluvchan va qattiq disklarda axborotlar sector bo’ylab xalqasimon yo’lakchalarda yoziladi. Egiluvchan disklar 1.44 Mb va 5.25 Mb tashkil etadi.

Vinchesterlar (qattiq disklar) sistema bloki ichida joylashgan bo’lib, 10 Gb dan tortib 1 Tb gacha tashkil etadi.

Kompakt disklarning axborot sig’imi 700 Mb dan tortib 4.7 Gb gacha bo’ladi. Unga ma`lumotlar yozish lazer nuri ko’magida amalga oshiriladi. Kompakt disklarda axborot saqlash qulay bo’lsa ham, qattiq disk kabi ishlash tezligi sekindir.

Hozirgi kunda axborot tashish usullaridan biri bu – Flash-xotiradir. Uning axborot saqlash hajmi 64Mb dan 8 GB gachadir.

Kompyuter texnika vositalaridan yana biri bu – printer. Matritsali printerlarda belgilar rangli tasmaga urilayotgan metall ignachalar yordamida qog’ozga tushiriladi. Ammo, baland ovoz chiqarib, past va sekin ishlaydi.

Lazer prinverlarining ishlashi quyidagicha: kompyuter matn sahifasining tasvirini o’z xotirasida aks ettiradi va printerga uzatadi. Sahifa haqidagi ma’-lumotlar lazer nurlari yordamida yorug’likka o’ta sezgir qoplamali aylanuvchan barabanga akslantiriladi. Bu qoplama yorug’lik kitensivligiga qarab, o’zining elektromagnit xususyatlarini o’zgartiradi. Kamchiligi: narxining qimmatligi.

Purkovchi printer belgilarni siyohli nuqtalarning ketma-ketligi sifatida hosil qiladi. Printerda chop etish juda mayda naychalardan tez qotuvchi siyohning varaqqa purkalishi orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun bu printerlarda yuqori sifatli qog’oz qo’llaniladi. Rangli purkovchi printerlarda ranglar to’rtta asosiy rang — havorang, qirmizi, sariq va qora ranglarning kombinatsiyasi asosida hosil qilinadi.

Printerlar kompyuter bilan maxsus kabel yordamida ulanadi. Kabelning bir uchi printer uyachasiga, ikkinchi uchi kompyuterning printer portiga ulanadi. Port — kompyuterning maxsus bo’lin-masi. Port orqali kompyuterga tashqi qurilmalar ulanadi.

Har bir printer drayver deb ataluvchi maxsus dasturga ega. Bu dastur kompyuter bilan printerning o’zaro aloqasini ta’min-laydi.

Plotter (grafyasagich) — kompyuter boshqaruvi ostida grafik, rasm yoki diagrammalar chizuvchi qurilma. Plotterlarning rolikli va planshetli turlari mavjud. Plotterlarga ham printerlar kabi maxsus dastur — drayver zarur.

Skaner — qog’ozdagi ma’lumotni kompyuterga kirituvchi (uzatuvchi) qurilma. U hujjat tasvirini raqamlar orqali kodlab kompyuter xotirasiga joylashtiradi.

Modem — kompyuterdagi ma’lu-motlarni telefon tarmoqlari orqali uzoq masofalarga uzatish qurilmasi. Ichki va tashqi modemlar mavjud. Tashqi modemlar alohida qurilma ko’rinishida, ichki modemlar kompyuter ichiga o’rnatiladigan elektron plata ko’rinishida bo’ladi.

Faks — tasvirlarni telefon tarmog’i orqali faksimil usulda uzatuvchi qurilma. Faks so’zi grafik ko’rinishidagi ma’lumot (imzo, hujyat va hokazo)ning aniq tasviri degan ma’noni anglatuvchi „fak-simile» (lotincha fac simile — shu kabi hosil qil) so’zidan kelib chiqqan.

 

Mavzuni mustahkamlash:              Multimedia texnologiyalarini qo’llash vositalari orqali.

O’quvchilarni baholash:                 mavzu bo’yicha 1-mashqni bajarish orqali o’quvchilarni baholash.

 

Uyga vazifa:                                       Darslikdagi 2-mashqni uyda bajarib kelish.

 

 

 

 

8-sinflar uchun   D A R S     K O N S P E K T I

Fan:                       Informatika

Sana:                     25-sentabr  8-“A”  sinfda,      25-sentabr  8-B sinfda,       25-sentabr 8-“D” sinfda

Mavzu:                                 Mantiqiy amallar

 

Dars maqsadi:

Ta`limiy.                               O’quvchilarga mantiq va mantiqiy amallar haqida ma`lumot berish.

  1.                           O’quvchilarni ma`naviy yetuk, sog’lom avlod ruhida tarbiyalash.
  2.                O’quvchilarning darsdagi diqqatini shakllantirish, mustaqil fikrlashni o’rgatish.

 

Dars turi:                             Yangi bilim beruvchi va mantiqiy ifodalarni o’zlashtirish darsi

Dars uslubi:                        Yozma, o’gzaki

Dars usuli:                           Baxs-munozara, aqliy hujum, savol-javoblar

Dars jihozi:                         Darslik, kompyuter, proyektor, ekran.

Dars borishi:

a) tashkiliy qism:                                o’quvchilar bilan salomlashish, sinfxona holati, sinfda psixologik iqlim yaratish

b) o’tilgan mavzuni takrorlash:      EHM avlodlari haqida ma`lumot.

Protsessor haqida so‘zlash.

 

c) yangi mavzu bayoni.

 

Biz o’z hayotimizda turli ,ulohazalardan foydalanamiz. Mulohaza – bu narsa va hodisalarning sifatini anglatishdir. Mulohazalar soda va murakkab bolib, “VA”, “EMAS”, “YOKI” ko’makchilar yordamida tuziladi.

Mulohazalarni lotin alifbosi harflari bilan belgilash qabul qilingan. Har bir mulohaza faqat ikkita: “rost» yoki “yolg’on» mantiqiy qiymatga ega bo’lishi mumkin. Qulaylik uchun “rost»ni 1 raqami bilan, “yolg’on»ni esa 0 raqami bilan belgilanadi.

Biror shart yoki usul bilan bog’lanmagan hamda faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallarbajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin.

Quyida sodda mulohazalarning amallari mavjud:

Mantiqiy ko’paytirish amali

A va B sodda mulohazalar bir paytda rost bo’lgandagina rost bo’ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali mantiqiy ko’paytirish amali deb ataladi.

Mantiqiy ko’paytirish amali ikki yoki undan ortiq sodda amallarni “VA” bog’lovchisi bilan bog’laydi hamda “A va B”, “A ^ B”, “A • B” kabi ko’rinishlarda yoziladi.

Mantiqiy qo’shish amali

A va B mulohazalarning kamida bittasirost bo’lganda rost bo’ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali mantiqiy qo’shish amali deb ataladi. Mantiqiy qo’shish amali ikki yoki undan ortiq sodda amallarni “YOKI” bog’lovchisi bilan bog’laydi hamda “A yoki B”, “A v B”, “A + B” kabi ko’rinishlarda yoziladi.

Mantiqiy inkor amali

A mulohaza rost bo’lganda yolg’on, A yolg’on bo’lganda esa rost qiymat oladigan mulohaza hosil qilish amali mantiqiy inkor amali deb ataladi. Mantiqiy inkor amali “A EMAS”, “]A”, “A” ko’rinishida yoziladi.

Mantiqiy o’zgaruvchilar, munosabatlar, mantiqiy amallar va qavslar yordamida mantiqiy ifodalar hosil qilish mumkin ekan. Mantiqiy ifodalarda mantiqiy amallar inkor (]), ko’paytirish (^), qo’shish (v) kabi tartibda bajariladi.

Misollar:

1-misol. A mulohaza rost qiymat qabul qilsa, “A va A EMAS” mulohazaning qiymati qanday bo’ladi?

  1. A rost qiymat qabul qilganligi uchun “A EMAS” yolg’on qiymatga ega bo’ladi. U holda rost va yolg’on qiymatlaming ko’paytmasidan (“va” amali) yolg’on natijaga ega bo’lamiz. Shunday qilib, javob “yolg’on” ekan.

2-misol. A va B mulohazalar rost qiymat qabul qilsa, A ^ B v A mulohaza qanday qiymatga ega bo’ladi?

  1. A va B mulohazalar rost qiymatli bo’lganligi uchun A a B amal rost qiymat qabul qiladi. U holda jadvalga ko’ra ikkita rostni mantiqiy qo’shishdan rost hosil bo’ladi. Demak, javob „rost» ekan.

3-misol. (E > D) a A a 1B ifodaning qiymatini D = 3,2 va E = -2,4, A = “rost” va B = “rost” bo’lganda hisoblang.

  1.   -2,4 > 3,2 munosabat noto’g’ri bo’lganligidan bu natija “yolg’on” bo’ladi. A “rost” qiymat qabul qilganligidan, (E > D) ^ A amal yolg’on qiymat qabul qiladi. B “rost” bo’lganidan ]B “yolg’on” qiymatli bo’ladi. U holda (E > D)^A^]B amal “yolg’on” qiymat qabul qiladi. Demak, natija “yolg’on” ekan.

 

 

Mavzuni mustahkamlash:                              1-2 mashqlarni bajarish.

O’quvchilarni baholash:                 mavzu bo’yicha 3-mashqni bajarish orqali o’quvchilarni baholash.

 

Uyga vazifa:                                       mantiqiy amallar jadvalini umumlashgan holda tasvirlanishini ifodalab kelish.

 

 

 

 

 

8-sinflar uchun   D A R S     K O N S P E K T I

Fan:                Informatika

Sana:                     2-oktyabr  8-“A”  sinfda,      25-oktyabr  8-B sinfda,       25-oktytabr 8-“D” sinfda

Mavzu:           Mantiqiy amallar mavzusida amaliy mashg’ulot

 

Dars maqsadi:

Ta`limiy.                     O’quvchilarga algoritmlarni tasvirlash usullari haqida tushunchalar berish.

  1.                  O’quvchilarni yuksak axloqiy, sog’lom ruhda tarbiyalash.
  2.         O’quvchilarning ijodkorlikka, mustaqil fikrlashga, ijodkorlika o’rgatish..

 

Dars turi:                   Yangi bilim beruvchi dars

Dars uslubi:               Yozma, o’gzaki, amaliy

Dars usuli:                 Baxs-munozara, aqliy hujum, savol-javoblar

Dars jihozi:                Darslik, kompyuter, proyektor, ekran.

Dars borishi:

 

a) tashkiliy qism:                    o’quvchilar bilan salomlashish, sinfxona holati, sinfda psixologik iqlim yaratish

b) o’tilgan mavzuni takrorlash:          Algoritmni tasvirlash usullari haqida ma`lumot berish.

Blok sxema nima?

c) yangi mavzu bayoni.

 

  1.  A va B mulohazalar rost qiymat hosil qilsa ,  amal qanday qiymatga ega bo’ladi?
  2. D=3.2; E=-2.4 va A=”rost” , B=”rost” qiymatlarga ega bo’lsa ,

 

 

amal natejasida qanday qiymat hosil bo’ladi?

 

 

Mavzuni mustahkamlash:               Mashqlar bajarish.

 

O’quvchilarni baholash:                  O’quvchilar o’rtasida savol-javoblar o’tkazish.

 

Uyga vazifa:                                    mantiqiy amallar jadvalini umumlashgan holda       tasvirlanishini ifodalab kelish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

8-sinflar uchun   D A R S     K O N S P E K T I

Fan:                       Informatika

Sana:                     9-окtyabr  8-“A”  sinfda,      9-oktyabr  8-B sinfda,       9-oktyabr 8-“D” sinfda

Mavzu:                                 Mantiqiy elementlar

 

Dars maqsadi:

Ta`limiy.                               O’quvchilarga mantiq va mantiqiy elementlar haqida ma`lumot berish.

  1.                           O’quvchilarga axloqiy tarbiya berish, fidoiy yoshlarni kamol toptirish.
  2.                O’quvchilarning salohiyatini rivojlantirish, ijodkorlikka o’rgatish.

 

Dars turi:                             Yangi bilim beruvchi va mantiqiy elementlarni o’rgatuvchi darsi

Dars uslubi:                        Yozma, o’gzaki

Dars usuli:                           Baxs-munozara, aqliy hujum, savol-javoblar

Dars jihozi:                         Darslik, kompyuter, proyektor, ekran.

Dars borishi:

a) tashkiliy qism:                                o’quvchilar bilan salomlashish, sinfxona holati, sinfda psixologik iqlim yaratish

b) o’tilgan mavzuni takrorlash:      Mantiq haqida ma`lumot berish.

Rostlik jadvali haqida ma`lumot.

c) yangi mavzu bayoni.

 

 

Kompyuterning har qanday mantiqiy amali asosiy manti-qiy vositalar (elementlar) yordamida bajariladi. Elementlaming o’zi oddiy elektr sxemalardan iboratdir. Bunda sxema kirish qismiga kelgan signallar argument deyilsa, uning chiqishidagi signallar bu argumentlarning funksiyasi bo’ladi. Sxemaning ma’lum qismida signalning mavjud bo’lishi birni, yo’q bo’lishi nolni ifodalaydi.

Mos tushish sxemasi (“VA” elementi). Mantiqiy ko’payurishni amalga oshiradigan sxema tuzish masalasi qo’yilgan bo’lsin. Bunday sxema ikki A va B kirishga va bitta A va B chiqishga ega bo’ladi.

Kiruvchi va chiquvchi (natija) signallar elektr impulslaridan iborat bo’lishi kerak. Bunda impuls bo’lishiga 1, bo’lmasligiga 0 raqami mos kelsin. Tok manbayi, lampochka va ikkita ulagichli elektr sxema yig’ilgan bo’lsin. Lampochka yonishini 1 va o’chgan holini 0 deb qabul qilamiz. Bunday sxema mos tushish sxemasi deb ataladi.

Yig’uvchi sxema (“YOKI” elementi). Bu sxema kirish signaliga nisbatan kamroq “talab qo’yadi”. Kirishlardan kamida birida 1 qiymat bo’lgan holda chiqishda ham 1 hosil bo’laveradi.

“Yoki” mantiqiy amaliga bo’ysunuvchi elektr sxema tok manbayi, lampochka va parallel ulangan ikkita ulagichdan iborat bo’lishi mumkin. Haqiqatan ham, ulagichlardan birini ulashimiz bilan chiroq yonadi. Mos tushish sxemasidan farqli o’laroq, bu yerda kirishlardan ixtiyoriy biriga signal tushishi bilanoq chiqishga o’tadi. Shuning uchun mantiqiy qo’shish amalini bajaruvchi sxemalar yig’uvchi sxema nomini olgan. Bunday sxemalar yordamida bir nuqtaga turli-tuman tarmoqlar tutashmaydigan qilib kuchlanish uzatish mumkin.

Inventor sxemasi (“EMAS” elementi). Inventor sxemasini “teskari zanjir” deb atasa ham bo’ladi. Unda bitta kirish va bitta chiqish mavjud.

“EMAS” mantiqiy amaliga mos keladigan elektr sxema tok manbayi, chiroq va tugmadan iborat. Tok impulsi kirishda signal bo’lmagan holda paydo bo’ladi. Haqiqatan ham, tugma bosilsa, tutashtirgich tutashgan joydan uziladi, ya’ni elektr zanjir ajraladi va chiroq o’chadi. Tugma quyib yuborilganda, kirishda signal yo’q bo’lgan holda chiroq yoniq turadi. Chiroq yonishi tugma holatiga teskari bo’lgan bo’ladi.

  1. Quyidagi sxema ishining natijasini aniqlash.

 

 

  1. Birinchi bosqichda VA elementining kirishida 0 va 1 bo’lgani uchun chiqishida 1 x 0 = 0 bo’ladi. Bu 0 ikkinchi bosqich — YOKI elementining kirishiga boradi. Sxemada ko’rinib turgandek, YOKI elementining ikkinchi kirishiga 1 keladi. Natijada YOKI elementining chiqishida 1 + 0=1 hosil boiadi.
  2. 1.

 

 

Mavzuni mustahkamlash:                              1-2 mashqlarni bajarish.

O’quvchilarni baholash:                 mavzu bo’yicha 3-mashqni bajarish orqali o’quvchilarni baholash.

 

Uyga vazifa:                                       “Yoki” mantiqiy amaliga mos sxema hosil qilish haqida yozib kelish.

 

 

 

 

 

 

8-sinflar uchun   D A R S     K O N S P E K T I

Fan:                Informatika

Sana:                     16-окtyabr  8-“A”  sinfda,      16-oktyabr  8-B sinfda,       16-oktyabr 8-“D” sinfda

Mavzu:           Nazorat ishi – 1.

 

Dars maqsadi:

Ta`limiy.                     O’quvchilarga o’tilgan barcha mavzular haqida ma`lumot berish.

  1.                  O’quvchilarni darsdagi diqqatini shakllantirish, fidoiy yoshlarni sog’lom ruhda tarbiyalash.
  2.         O’quvchilarning salohiyatini rivojlantirish, og’zaki nutq malakasini rivojlantirish.

 

Dars turi:                   Yangi bilim beruvchi dars

Dars uslubi:               Yozma, o’gzaki, amaliy

Dars usuli:                 Baxs-munozara, aqliy hujum, savol-javoblar

Dars jihozi:                Darslik, kompyuter, proyektor, ekran.

Dars borishi:

 

a) tashkiliy qism:                    o’quvchilar bilan salomlashish, sinfxona holati, sinfda psixologik iqlim yaratish

b) yangi mavzu bayoni.

 

 

  1. Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi haqida batafsil ma`lumot bering.
  2. Printerlar haqida ma`lumot being.
  3. Axborot saqlovchi barcha disklar to’g’risida ma`lumotlar bering.
  4. Mantiqiy amallar to’g’risida.

 

 

 

Dars yakuni:O’tilgan mavzular yuzasidan savol-javob o’tkazish

 

Uyga vazifa:              O’tilgan mavzularni mustahkamlash va yangi mavzuga tayyorlanib kelish.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Fan:                        Informatika

Sana:                     23-окtyabr  8-“A”  sinfda,      23-oktyabr  8-B sinfda,       23-oktyabr 8-“D” sinfda

Mavzu:                   Kompyuterning dasturiy ta`minoti

 

Dars maqsadi:

Ta`limiy.                                  O’quvchilarga dasturiy ta`minot, sistemali, uskunaviy, amaliy  dasturlar haqida ma`lumot berish.

  1.                              O’quvchilarni yangi nilimlar egallashga, o’z o’rnini bilishga o’rgatish.
  2.                      O’quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.

 

Dars turi:                               Yangi bilim beruvchi va sistemali dasturlarni o’rganuvchi

Dars uslubi:                            ma`ruza va amaliyot uyg’unligi

Dars usuli:                              Tayyor prezintatsiya, slayd materiallari

Dars jihozi:                            Darslik, electron resurslar, plakatlar.

Dars borishi:

a) tashkiliy qism:                                     o’quvchilar bilan salomlashish, sinfxona holati, sinfda psixologik iqlim yaratish

b) o’tilgan mavzuni takrorlash:               “VA” elementiga mos sxema qanday tuziladi?    Av çA ifodaga mos sxema chizish.

c) yangi mavzu bayoni.

 

Informatikada kompyuter texnikasi quyidagi ikki qismning birligi sifatida qaraladi:

–         texnik vositalar;

–         dasturiy vositalar.

Texnik vositalar — kompyuterning qurilmalaridir. Ingliz tilida bu Hardware deyiladi va “qattiq mahsulotlar” degan ma`noni anglatadi. Bu qismga, protsessor, vinchester, monitor, klaviatura, disk yurituvchi, printerlar misol bo’ladi.

Dasturiy vositalar — kompyuter tomonidan ishlatiladigan barcha dasturlar to’plamidir. Ingliz tilida bu Software deb ataladi va “yumshoq mahsulotlar” degan ma`noni anglatadi. Bu so’z dasturiy ta’minot bilan kompyuterlarning mutanosibligini, dasturlarning takomillashishi, rivojlanishi va moslashuvchanligini ifodalaydi.

Bundan tashqari, informatikada yana bir yo’nalish Brainwave (brain inglizcha — intellekt, ong) — algoritmik yo’nalish ajratiladi. Bu yo’nalish algoritmlarni ishlab chiqish, ularni tuzish usul va uslublarini o’rganish bilan bog’liqdir.

Kompyuterlarda ishlatilayotgan dasturlarni shartli ravishda quyidagi uch turga ajratish mumkin

–         sistemali          – amaliy                  – uskunaviy

Sistema dasturlari – boshqarish, tekshirish vazifalarini bajaradi. Amaliy dastrular – aniq bir sohaga tegishli bo’lgan ishlarni bajaruvchi dasturlar. Uskunaviy dasturlar – kompyuter uchun dastur tayyorlash tahrirlashni yengil qiluvchi dasturlar.

Buajratishningshartliravishdadeyilishigasabab, dasturiyta’minotningkeskinrivojlanishivakompyuterlarqo’llanishsohasiningkengayibborishiba’zidasturlarningbirturdanboshqaturgao’tibqolishigasababdir. Masalan, ba’zi amaliy dasturlarning qo’llanish sohasi chuqurlashib borganligidan va alohida zaruratga egaligidan, uskunaviy dasturga aylanib bormoqda. Ikkinchi tomondan, foydalanuvchi e’tiboriga shunday dasturlar tavsiya etilmoqdaki (masalan, “elektron suhbatdosh”), ularni yuqoridagi hususiyatlar bo’yicha ajratish mushkul.

Shaxsiykompyuterdanmanfaatko’rishmaqsadidao’g’irlashgaarziydiganqimmatliaxborotbo’lmasligimumkin. Ammo bu axborotlar zarur. Kompyuter viruslari esa ularni o’chirib yuborish yoki foydalanib bolmaydigan darajada o’zgartirib yuborishga qodir. Kompyuter viruslari tarixi Sinsinati shahri (Ogayyo shtati) universitetining ilmiy xodimi, kompyuter xavfsizligi sohasida taniqli mutaxassis Fred Koen nomi bilan bog’liq. Koen dasturiy vositalardan noqonuniy nusxa ko’chirishga qarshi himoya muammolari ustida ish olib borib, yangi dastur yaratdi. Bu dastur tez qayta tiklanish va takomillashish hamda kompyuter xotirasidagi muhim ma’lumotlarni o’chirish, sistema fayllarini “buzish” kabi ishlarni bajarish xususiyatiga ega bo’lib, dasturiy vositalardan noqonuniy nusxa olish vaqtida ishga tushardi. Axborotni o’g’rilardan himoya qilishga qaratilgan bu dastur keyinchalik kompyuter viruslarining yaratilishiga turtki bo’ldi. Natijada kompyuter viruslaridan himoyalanish uchun maxsus dasturlar — antiviruslar ishlab chiqishga to’g’ri keldi.

Hozirgi kunda dasturiy ta’minotni quyidagi o’zaro bog’langan guruhlar orqali ifodalash mumkin:

–         operatsion sistemalar va qobiq-dasturlar (MS DOS, Windows, Unix, NC, Far, WC, TC);

–         dasturlash sistemalari (BASIC, Visual Basic, Paskal, Delphi, C, C++);

–         uskunaviy sistemalar (tahrirlovchilar, sozlovchilar, makroassemblerlar);

–         ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari — MOBT (FoxPro, Access, Paradox);

–         mashina grafikasi sistemalari (ilmiy, muhandislik, o’quv, animatsion, ijodiy);

–         integrallashgan dasturlar paketi (matn muharriri yoki protsessori, elektron jadval — EJ, MOBT);

–         amaliy dasturiy ta’minot (buxgalterlik, nashriyot, avtomatik loyihalash sistemalari, EJ).

Sistema dasturlarining bir bo’lagi sifatida yordamchi dasturlar — utilitlar (lotinchadan tarjimasi — foydali) ishlab chiqilgan. Bu dasturlar operatsion sistemaning imkoniyatini oshirishga xizmat qilishi yoki alohida vazifani bajarishi mumkin.

Utilitlarning ba’zi ko’rinishlari:

–         kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi va testdan o’tkazuvchi dasturlar;

–         kompyuter qurilmalari imkoniyatlarini o’zgartiruvchi drayver-dasturlar;

–         axborotni zichroq yozishni ta’minlovchi arxiviator-dasturlar;

–         kompyuterning ishiga zarar keltiruvchi dasturlardan himoyalovchi anthirus-dasturlar;

–         kompyuterlar orasida ma’lumot almashishni ta’min­lovchi kommunikatsiya dasturlari;

–         CD larga yozishni ta’minlovchi dasturlar va hokazo.
Mavzuni mustahkamlash:      Kompyuter ishlash uchun nimalar kerak bo’ladi

O’quvchilarni baholash:        Amaliy dasturlar haqida so’zlab berish.    Kompyuter viruslari haqida so’zlab berish.

 

Uyga vazifa:                          Mavzudagi mashqlarning 3-sini bajarib yozib kelish.

 

 

 

8-sinflar uchun   D A R S     K O N S P E K T I

Fan:                            Informatika

Sana:                     30-окtyabr  8-“A”  sinfda,      30-oktyabr  8-B sinfda,       30-oktyabr 8-“D” sinfda

 

Mavzu:                       Interfeys

 

Dars maqsadi:

Ta`limiy.                      O’quvchilarni interfeys, apparatli interfeysgrafik interfeyslar bilan tanishtirish va ularga bilim berish.

  1.                  O’quvchilarni har qanday vaziyatda tuzilgan reja asosida ish yuritishga yo’naltirish.
  2.          O’quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.

 

Dars turi:                   Yangi bilim beruvchi va interfeyslarni o’rganuvchi dars

Dars uslubi:                ma`ruza va amaliyot uyg’unligi

Dars usuli:                  Tayyor prezintatsiya, slayd materiallari

Dars jihozi:                Darslik, elektron resurslar, plakatlar.

Dars borishi:

a) tashkiliy qism:                     o’quvchilar bilan salomlashish, sinfxona holati, sinfda psixologik iqlim yaratish

b) o’tilgan mavzuni takrorlash:          Sistema dasturlari haqida so’zlab berish

                                               Kompyuter virusi nima?

c) yangi mavzu bayoni.

 

Kompyuterlarning tuzilishi, ichki-tashqi qurilmalari apparatli ta`minot deyiladi, ammo kompyuter ishlashi uchun dasturiy ta`minot ham kerak. Kompyuterli tizimni tashkil etuvchi bu ikki ta`minot aloqasi interfeys deyiladi.

Interfeys – o’zaro aloqa, birlashtirish, muvofiqlashtirishdir.

Kompyuter qurilmalarining o’zaro aloqasi apparatli interfeys, dasturlarning o’zaro aloqasi dasturiy interfeys, dasturlarning qurilmalar bilan aloqasi esa apparatli-dasturiy interfeys deyiladi.

Kompyuterli tizimda o’nlab qurilmalar bir-biri bilan bog’lanadi va ular minglab dasturlar bilan ishlaydi. Dasturiy ta`minot bilan apparatli ta`minot o’rtasidagi aloqani, ya’ni mutanosiblikni operatsion sistema o’z zimmasiga oladi.

Insonning dastur bilan va dasturning inson bilan muloqotga kirishishi foydalanuvchi interfeys deyiladi va ular turlicha bo’ladi. Agar biron bir dastur bilan ishlashda foydalanuvchi uchun u qulay bo’lib qiyinchilik paydo qilmasa, u qulay foydalanuvchi interfeys deyiladi. Agar dastur bilan turli usullarda ishlash mumkin bo’lsa, u yumshoq interfeys deyiladi. Ammo shunday dasturlar mavjudki, bir dastur bilan ishlashda boshqa dastur bilan ishlab bo’lmaydi, bu hol qattiq interfeys deyiladi.

Dasturning ishlash turiga qarab dasturni nografik yoki grafik interfeysga ega deyish mumkin. Nografik interfeys deb, dastur bilan ishlashda klaviaturadan foydalanilganga va ma`lumotlar ekranda matn ko’rinishidagi aks ettirilgan holatiga aytiladi. Grafik interfeys esa, dastur grafik tasvirlar bilan aks ettirilgan va ularni sichqoncha yordamida boshqarilish holatiga aytiladi.

 

 

Mavzuni mustahkamlash:      testlar orqali mavzuni mustahkamlash.

O’quvchilarni baholash:        Mavzuning 1-mashqini bajarib berish.

 

Uyga vazifa:   Mavzudagi 3-mashqni bajarib kelish.

 

 

 

 

 

 

 

 

8-sinflar uchun   D A R S     K O N S P E K T I

Fan:                       Informatika

Sana:                     13noyabr  8-“A”  sinfda,      13-noyabr  8-B sinfda,       13-noyabr 8-“D” sinfda

 

Mavzu:                                 Operatsion sistema tushunchasi

 

Maqsad va vazifalar:

Dars maqsadi.                     O’quvchilarni kompyuter operatsion sistemalari, ularning vazifalari bilan tanishtirish.

Ta`limiy vazifa.                   O’quvchilarga OS va DOS, ozaro farqlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy vazifa.               O’quvchilarni yangiliklarga intilish va yangi bilimlar egallashga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi vazifa.    O’quvchilarning kompyuterdan foydalanish tasavvurlarini kengaytirish.

 

O’quv jarayoni mazmuni:

WINDWS operatsion sistemalar, bir foydalanuvchi va ko’p foydalanuvchi operatsion sistemalar.

 

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars uslubi:         ma`ruzaviy, amaliyot uyg’unligi

Dars shakli:         Savol-javob, kichik guruhlarda ishlash

Dars jihozi:          Elektron resusrlar,darslik

Dars usuli:           Prezintatsiya va slayd materiali asosida.

Baholash:             5 ballik sistemada ishlash

 

Asosiy tushunchalar.

Funksiyalar, ifodalar.

 

Dars borishi:

a) tashkiliy qism:                – 3 daqiqa

o’quvchilar bilan salomlashish, sinfxona holati, sinfda psixologik iqlim yaratish

b) o’tilgan mavzuni takrorlash:      – 7 daqiqa

Interfeys nima va uning turlari. Foydalanuvchi interfeysi nima? Nografik va grafik interfeysining bir-biridan farqi?

c) yangi mavzu bayoni:     – 17 daqiqa.

 

Sistema so’zini bir so’z bilan ta`riflab bo’lmaydi. Chunki bo so’z turli sohalarda turlicha ta`riflanadi. Informatika fanida sistema qanday tushuniladi? Kompyuter ishga tushirilganda uning qurilmalari bilan maxsus dastur ham ishga tushadi. Ushbu dastrur o’z navbatida foydalanuvchi bilan kompyuter o’rtasidagi aloqani ta`minlaydi, bu operatsion sistema deyiladi. U qattiq diskda joylashgan bo’ladi va DOS deb ham yuritiladi.

Elektron hisoblash mashinasining dasturli ta`minoti, texnik ta`minoti va operatsion sistema orasidagi bog’lanishi quyidagicha tavsiflanadi. Dasturiy ta`minot o’z vazifalarini apparatli asos sifatida ishlatsa, operatsion sistema dasturiy ta`minot amallarini dasturli asos sifatida ishlatadi. Bajaradigan vazifalaridan operatsion sistema quyidagi sifatlarga ega bo’ladi:

  1. Ishonchli. Sistema kompyuter qurilmalari bilan ishlashida ishonchli bo’lishi kerak. Agar dasturda biror xatolik uchrasa, uni sistema topa olishi va o’z vaqtida foydalanuvchiga zarar yetkazmasidan oldin uning oldini olishi kerak.
  2. Himoyalash. Sistema bir foydalanuvchi ish faoliyatida boshqa foydalanuvchining aralashmasligini va o’zgalarning xatoliklari ta`siridan himoyalashi lozim.
  3. Samaradorlik. Sistema ixcham bo;lishi va kompyuter resurslarini har tomonlama samarali boshqarishi lozm.
  4. Qulaylik. Operatsion sistemada bir vaqtning o’zida turli maqsadli amallar bajariladi. Bunday holatda foydalanuvchiga qulayliklar yaratilishi talab etiladi. Bu esa operatsion sistemaning muhim xususiyati hisoblanadi.

 

Shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi OS CP/M (nazoratli dasturlar mikrokompyuterlar uchun) deyilib, 1973-yilda ishlab chiqilgan. Hozirgi kungacha OS lar juda ko’p, ular quyidagilar: MS DOS, OS/2, LINUX, UNIX, WINDOWS va boshqalar

 

 

Mavzuni mustahkamlanishi, yakunlanishi va baholanish:  – 15 daqiqa

Operatsion sistema deganda nima tushuniladi? Operatsion sistemaning vazifasi. Operatsion sistemaning sifatlari

Uyga vazifa:       3-daqiqa

 

Operatsion sistemaning asosiy vazifalarini misollar yordamida yozib kelish.

 

 

 

8-sinflar uchun   DARS BAYONNOMASI

Fan:                       Informatika

Sana:                     20noyabr  8-“A”  sinfda,      20-noyabr  8-B sinfda,       20-noyabr 8-“D” sinfda

Mavzu:                  Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlar va qobiq dasturlar

 

Maqsad va vazifalar:

Dars maqsadi.                       O’quvchilarni OS tashkil etuvchi dasturlar, ularning buyruqlari, interfeys tushunchalari bilan tanishtirish.

Ta`limiy vazifa.                       O’quvchilarga OS ning asosiy vazifalari, ma`lumotlarni xotiraga kiritish, chiqarish dasturi, OS ning ichki-tashqi buyruqlari haqida bilim berish.

Tarbiyaviy vazifa.                   O’quvchilarni yangi bilimlar egallashga, fikrlash qobiliyatlarini o’stirishga yo’naltirish.

Rivojlantiruvchi vazifa.           O’quvchilarning kompyuterdan foydalanish tasavvurlarini kengaytirish va kerakli hujjatlar bilan ishlash madaniyatini shakllantirish.

 

O’quv jarayoni mazmuni:

OS asosiy vazifalari, kiritish-chiqarish dasturi, operatsion sistema utilitlari, Qobiq dastur imkoniyatlari.

 

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars uslubi:           aralash.

Dars shakli:           Savol-javob, kichik guruhlarda ishlash

Dars jihozi:            Elektron resusrlar,darslik

Dars usuli:             Prezentatsiya va slayd materiali asosida.

Baholash:               5 ballik sistemada ishlash

 

Asosiy tushunchalar.

Ichki-tashqi buyruqlar, grafik muhit, apparatli interfeys.

 

Dars borishi:

a) tashkiliy qism:    – 3 daqiqa

o’quvchilar bilan salomlashish, sinfxona holati, sinfda psixologik iqlim yaratish

b) o’tilgan mavzuni takrorlash:             – 7 daqiqa

Operatsion sistema sinflari haqida ma`lumot bering. Operatsion sistemaning sifatlari. OS ning qulayliklari qanday?

c) yangi mavzu bayoni:          – 17 daqiqa.

 

Operatsion sistemalar kompyuterni nafaqat amalda ish bajarishga, balki o’zi bajarayotgan ishlarni ham nazorat qilishga majbur etadi. Operatsion sistema tarkibi 3 guruhdan iborat: sistema boshqarish dasturini o’ziga olgan sistema o’zagi, sistema kutubxonasi, utilitlar qobig’i.

Operatsion sistema quyidagi asosiy qismlardan iborat:

–         ma’lumotlarni xotiraga kiritish va chiqarish dasturi (BIOS nomi bilan ifodalangan);

–         operatsion sistemani faollashtiruvchi dastur (Boot Record);

–         ma’lumotlarni kiritish-chiqarish sistemasini kengaytirish moduli;

–         amallar bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan uzilishlarni tahlil qilish moduli;

–         buyruq protsessori;

–         operatsion sistema utilitlari.

Kompyuter va inson o’rtasidagi muloqot inson tomonidan OS ga beriladigan buyruqlardan tashkil etiladi. Har bir buyruq o’z nomiga ega. Buyruqlar klaviatura yordamida yozilgandan so’ng, ENTER klavishi bosiladi va kompyuter buyruqni bajaradi.

OS buyruqlari ichki va tashqi buyruqlarga bo’linib, command.com dasturida mujassamlashgan buyruqlar ichki buyruqlar, operatsion sistema bilan birgalikda ishlatadigan boshqa dastur buyruqlari tashqi buyruqlar deyiladi.

Birinchi OS lar ishlab chiqilganda kompyuter resusrslaridan foydalanish oson edi, chunki ular matnli nterfeysga ega edi.  Ammo OS lar rivojlanish natijasida buyruq ko’rsatmalari ko’payib bordiki, foydalanuvchi interfeysi murakkablashdi va buning oldini olish uchun qobiq dasturlar yaratildi.

Qobiq-dastur – foydalanuvchiga OS bilan ishlashda ko’maklashadigan dasturdir. Hozirgi kungacha turli qobiq-dasturlar yaratildi, Norton Commander, Total Commander, windows, Commander, Far Manager. Qobiq dasturlar monitorda disk, fayl, kataloglarni ko’rgazmali tarzda ko’rsatadi. Qobiq-dasturlar quyidagi imkoniyatlarni beradi: fayl va kataloglar ro’yxatini chiqaradi, fayl va kataloglardan nusxa ko’chiradi, ularni o’chiradi, kataloglar hosil qiladi, matnli fayllarni tahrirlaydi, fayl kataloglarni qayta nomlaydi ba hokazo.

 

Mavzuni mustahkamlanishi, yakunlanishi va baholanish:           – 15 daqiqa

Operatsion sistemaning qanday asosiy qismlari mavjud? Norton Commander dasturining afzalliklari nimada.

Grafik qobiq-dasturlarning afzalliklari nimada?

Uyga vazifa:          3-daqiqa

Internet tarmog’idan MAC OS haqida ma`lumot olish.

8-sinflar uchun   DARS BAYONNOMASI

Fan:                       Informatika

Sana:                     27noyabr  8-“A”  sinfda,      27-noyabr  8-B sinfda,       27-noyabr 8-“D” sinfda

Mavzu:                  Fayllar va kataloglar

 

Maqsad va vazifalar:

Dars maqsadi.                       O’quvchilarfayl, katalog, katalog osti va usti, joriy katalog haqida ma`lumot berish.

Ta`limiy vazifa.                       O’quvchilarga manzil va ma`lumotlar maydoni, fayl tushunchasi va kengaytmasi, katalog tushunchasi haqida bilim berish.

Tarbiyaviy vazifa.                   O’quvchilarni yangi bilimlar egallashga, fikrlash qobiliyatlarini o’stirishga yo’naltirish.

Rivojlantiruvchi vazifa.           O’quvchilarning kompyuterdan foydalanish tasavvurlarini kengaytirish va kerakli hujjatlar bilan ishlash madaniyatini shakllantirish.

 

O’quv jarayoni mazmuni:

Manzil va ma`lumotlar maydoni, fayl tushunchasi va kengaytmasi, katalog tushunchasi.

 

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars uslubi:           ma`ruza, amaliyot uyg’unligi.

Dars shakli:           Savol-javob, kichik guruhlarda ishlash

Dars jihozi:            Elektron resusrlar,darslik

Dars usuli:             Prezentatsiya va slayd materiali asosida.

Baholash:               5 ballik sistemada ishlash

 

Asosiy tushunchalar.

Fayl, katalog, katolog osti va usti.

 

Dars borishi:

a) tashkiliy qism:    – 3 daqiqa

o’quvchilar bilan salomlashish, sinfxona holati, sinfda psixologik iqlim yaratish

b) o’tilgan mavzuni takrorlash:             – 7 daqiqa

Operatsion sistemaning qanday asosiy qismlari mavjud? Norton Commander dasturining afzalliklari nimada.

Grafik qobiq-dasturlarning afzalliklari nimada?

c) yangi mavzu bayoni:          – 17 daqiqa.

 

Disk formatlanganda har bir sector manzil va ma`lumot maydonidan iborat bo’ladi. Manzilga disk, sector tartiblari, nazorat yig’indisi kodlari yoziladi. Ma`lumotlar maydoniga foydalanuvchi axboroti yoki biron-bir axborot yoziladi. Axborotlar diskda yozuv to’plam shaklida saqlanadi. Kompyuter tashqi xotirasida saqlangan har bir axborot o’z nomiga ega bo’ladi va u fayl deb nomlanadi. Fayl ma`lumot, rasm, ovozli va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin.

Fayl — biror nomga ega bo’lgan va kompyuterning tashqi xotirasida joylashgan bir turdagi ma’lumotlar majmuyidir.

Turli operatsion sistemalar fayl nomlariga turlicha talablar qo’yadi. Masalan, MS DOS, Mikrodos kabi operatsion sistemalarda fayl nomi 8 ta belgidan oshmasligi va lotin harflarida, raqam va ba’zi maxsus belgilarda ifodalanishi mumkin; Praves-8 kompyuter­larida keng qo’llaniladigan DOS-3.3 operatsion sistemasida esa fayl nomi 37 tagacha belgiga ega bo’lib, Hozirgi kundagi OS larda 200 tagacha belgi bo’lib, unda lotin harflari bilan bir qatorda kirill harflari ham ishlatilishi mumkin.

MS DOS kabi operatsion sistemalarda fayl nomining davomiga fayldagi ma’lumotlarning turini bildiruvchi qo’shim-cha yoziladi. Bu qo’shimcha fayl nomining kengaytmasi deyi-ladi. U fayl nomidan nuqta bilan ajratilib, uchta yoki to’rtta belgidan oshmasligi kerak. Masalan, COMMAND.COM, DASTUR.TXT va h.k.

Fayl nomi kengaytmasini yozish majburiy emas, dasturlar fayl nomi kengaytmasini o’zlari qo’shib yozadilar. Bu kengaytmadan mazkur fayl qaysi dastur tomonidan tashkl etilganini bilib olish mumkin.

Masalan: *.dat – ovozli fayllar kengaytmasi, *.mp3 – ovozli fayllar kengaytmasi.

Disklarda fayl nomlari kataloglarda joylashadi. Kataloglar direktoriylar deb ham yuritiladi. Katalog — bu fayllar nomlari, ularning hajmi, atributlari, so’nggi yangilangan vaqti va h.k.lar saqlanadigan diskdagi maxsus joy. Windows operatsion sistemasida katalog papka deb ham yuritiladi. Agar katalogda biror fayl nomi bo’lsa, shu fayl mazkur katalogda joylashgan deb aytiladi. Diskda bir necha katalog bo’lishi mumkin.

Kataloglar aslida maxsus ko’rinishdagi fayllar bo’lib, bosh katalog bundan mustasno. Har bir katalog o’z nomiga ega, u boshqa bir katalog ro’yxatida ham bo’lishi mumkin. Katalog nomiga qo’yiladigan talablar fayl nomiga qo’yiladigan talablar bilan bir xil.

 

Mavzuni mustahkamlanishi, yakunlanishi va baholanish:           – 15 daqiqa

Fayl deganda nimani tushunasiz? Fayl kengaytmasining qanday turlarini bilasiz? Fayl sistemasi nima?

 

Uyga vazifa:          3-daqiqa

1- va 4-mashqlarni bajarish.

 

 

8-sinflar uchun   D A R S     BAYONNOMASI

Fan:                        Informatika

Sana:                     4-dekabr  8-“A”  sinfda,      4-dekabr  8-B sinfda,       4-dekabr 8-“D” sinfda

Mavzu:                   Kompyuterning tashqi xotirasi bilan ishlash

 

Maqsad va vazifalar:

Dars maqsadi.                         O’quvchilarga disklar, ularning turlari va xususiyatlari, diskni formatlash, difragmentatsiya qilish haqida ma`lumot berish.

Ta`limiy vazifa.                        O’quvchilarga kompyuter tashqi xotirasi, disklarning turlari, ularni formatlash tushunchasi haqida bilim berish.

Tarbiyaviy vazifa.                    O’quvchilarni yangi bilimlar egallashga, fikrlash qobiliyatlarini o’stirishga yo’naltirish.

Rivojlantiruvchi vazifa.            O’quvchilarning kompyuterdan foydalanish tasavvurlarini kengaytirish, kerakli hujjatlar bilan ishlash va ularni saqlash madaniyatini shakllantirish.

 

O’quv jarayoni mazmuni:

Kompyuter tashqi xotirasi, disklarning turlari.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars uslubi:            ma`ruza, amaliyot uyg’unligi.

Dars shakli:             Savol-javob, kichik guruhlarda ishlash

Dars jihozi:             Elektron resusrlar,darslik

Dars usuli:              Prezentatsiya va slayd materiali asosida.

Baholash:               5 ballik sistemada ishlash

Asosiy tushunchalar.

Magnit disklar, CD va DVD, vinchester turlari, disklarni formatlash.

Dars borishi:

a) tashkiliy qism:                     – 3 daqiqa

o’quvchilar bilan salomlashish, sinfxona holati, sinfda psixologik iqlim yaratish

b) o’tilgan mavzuni takrorlash:              – 7 daqiqa

Fayl deganda nimani tushunasiz? Fayl kengaytmasining qanday turlari mavjud?.

Katalogda nechta katalog osti va fayllar joylashishi mumkin?

c) yangi mavzu bayoni:           – 17 daqiqa.

 

Ma’lumki, kompyuterlarning diskli xotirasini axborot, ma’lumotlar tashkil qiladi. Kompyuterda axborotlarni magnitlab saqlash texnologiyasi axborotlarni audio yoki video-kassetalarga yozish usullari kabidir.

Magnit tasma o’z tabiatiga ko’ra chiziqlidir. Undan axborotni tez topish yoki izlash tushunchalari bir xil, tasmadagi axborotni topish va ungacha yetib borish ma’lum vaqt sarflashni talab etadi.

Magnit diskda esa kerakli axborotga yetib borish diskning aylanishi va diskka axborot yozuvchi qurilmaning disk sirtida harakatlanishi ko’rinishda amalga oshiriladi:

Yangi egiluvchan magnit disk (EMD)larga to’g’ridan to’g’ri axborot yozib bo’lmaydi. Avval ular formatlanadi. Disket formatlanganda undagi axborotlar yo’qoladi. Formatlash vaqtida EMD larda yo’lka va sektorlar hosil bo’la­di. EMD larni formatlash uchun maxsus dasturlar qo’llaniladi.

Disket yoki disklarni formatlash quyidagicha amalga oshiriladi: “Mening kompyuterim” sistema katalogi ochilib, undan kerakli disk yoki desket tanlanadi, so’ngra sichqonchaning o’ng tomindagi tugmasi bosilib, paydo bo’lgan kontekst-menyudan “фopматировать” bandi tanlanadi va “начать” tugmasi bosiladi. Formatlangandan so’ng OK tugmasi bosiladi. Formatlash jarayonida faqat optic disklar formatlanmaydi.

Axborotni o’qish-yozish qurilmasi egiluvchan diskning ixtiyoriy joyiga sekundning 1/6 qismida, qattiq diskda esa 1/25 qismida yetib oladi.

Sistema disklari. Operatsion sistema dasturlari mavjud bo’lgan magnit disklari sistema disklari deb ataladi. DOS EMD ning ma’lum qismida joylashgan bo’lib, uni bir diskdan boshqasiga oddiy nusxa ko’chirish yo’li bilan o’tkazib bo’lmaydi. Operatsion sistemadan nusxa ko’chirishning maxsus dasturlari mavjud bo’lib, ular turli kompyuterlarda turlichadir.

Vinchester. Aksariyat zamonaviy kompyuterlarda “qattiq” disk (“vinchester”) mavjud. Vinchester sistema blokining ichida joylashgan bo’lib, tashqi xotira vazifasini bajaradi. EMD lardan farqli ravishda, vinchester juda katta hajmdagi axborotlarni saqlay oladi. Vinchesterlarning hajmi hozirgi kunda 40 Gigabaytdan to 2 terabaytgachadir. Vinchesterga axborotlarni yozish va o’qish EMD larga nisbatan bir necha barobar tez amalga oshiriladi. Vinchesteri mavjud kompyuterlarda operatsion sistema odatda vinchesterda saqlanadi.

Flash-xotiralar yoki flash disklar komyuterga ulanganda, uni xavsiz uzib olish uchun “xavfsiz uzish” amalini bajarish lozim, bu ish masalalar paneli orqali bajariladi. Hozirgi kunga kelib CD diklar o’rnini DVD disklar tez egallab olishmoqda. Ularni o’qush uchun maxsus DVD-ROM qurilmalar mavjuddir. Hozirgi kunda DVD-ROM larning o’qish tezligi 16 karrani tashkil etadi.

IBM kompaniyasi tomonidan 1971-yili 8 duymli egiluvchan magnit disklar taqdim etildi. Bu vaqtda shaxsiy kompyuterlar mavjud bo’lmaganligi uchun egiluvchan magnit disklar katta elektron hisoblash mashinalarida qo’llanila boshlandi

1972-yili 5,25 duymli egiluvchi magnit disklar yaratildi.

1976-yilda “Shugart” kompaniyasi 5,25 duymli EMDlarni o’qish uchun diskyurutuvchi qurilmani yaratdi.

1980-yilda “Sony Electronics” kompaniyasi tomonidan 3,5 duymli (hajmi 720 Kbayt) egiluvchan magnit disk va unga mos diskyurituvchi qurilmani yaratdi.

1980-yilda “Seagate Technologies’” kompaniyasi tomonidan shaxsiy kompyuterlar uchun jahonda birinchi bo’lib qattiq disk ishlab chiqarildi.

1983-yili “Philips” va “Sony” kompaniyalari tomonidan CD-ROM diskyurituvchi yaratilgani e’lon qilindi.

1986-yilda Sietl shahrida bo’lib o’tgan xalqaro konferensiyada CD-ROM yagona standart asosida ishlab chiqarilish va ularni shaxsiy kompyuterlarda qo’llanilishiga kelishib olindi.

Mavzuni mustahkamlanishi, yakunlanishi va baholanish:   – 15 daqiqa

Fayl deganda nimani tushunasiz? Fayl kengaytmasining qanday turlarini bilasiz? Fayl sistemasi nima?

 

Uyga vazifa:          3-daqiqa

1- va 4-mashqlarni bajarish.

8-sinflar uchun   D A R S     BAYONNOMASI

Fan:                Informatika

Sana:                     4-dekabr  8-“A”  sinfda,      4-dekabr  8-B sinfda,       4-dekabr 8-“D” sinfda

Mavzu:           Nazorat ishi – 2 (yozma topshiriq)

 

Maqsad va vazifalar:

Dars maqsadi.            O’quvchilar egallagan bilim va ko’nikmalarni nazoratdan o’tkazish va kamchiliklarni aniqlash.

Ta`limiy vazifa.           O’quvchilarda olingan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash.

Tarbiyaviy vazifa.       O’quvchilarni mustaqil fikrlashga, olgan bilim va ko’nikmalarni qo’llashga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi vazifa.           O’quvchilarning o’zlarining har bir harakatini nazorat qila olish va tartibga solishga shakllantirish.

 

O’quv jarayoni mazmuni:

Dasturiy ta`minot. OS lar. Fayl va kataloglar. Kompyuter tashqi xotirasi. Disklar.

 

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars uslubi:    Mustaqil ishlash.

Dars shakli:    Yakka holda yozma ish bajarish

Dars jihozi:     Yozma ish daftari

Dars usuli:      Yozma vazifalar.

Baholash:       5 ballik sistemada ishlash

 

 

Dars borishi:

a) tashkiliy qism:                    – 2 daqiqa

o’quvchilar bilan salomlashish, sinfxona holati, sinfda psixologik iqlim yaratish

b) nazorat ishini bajarish:      – 40 daqiqa

 

  1. Operatsion sistema haqida tushuncha va ta`rif bering.

 

  1. Fayl va katalog haqida tushuncha bering.

 

  1. Interfeys haqida to’liq ma`lumot bering

 

 

 

Nazorat ishi daftarlarini yig‘ish:    – 2 daqiqa

Uyga vazifa:  1-daqiqa

O’tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan