«Buyuklikka tenglashgan bobomiz»

 

Sahna  bayramona bezatilgan, Yuqori tomonda Alisher Navoiy portreti, uning ijodiy merosidan she’riy misralar, hikmatli so’zlar hamda atoqli va mashhur kishilar tomonidan aytilgan buyuk shoir haqidagi ta’riflari yozilgan plakatlar, bukletlar, shuningdek, «1441-2013» yil sanasi bitilgan lavhalar osilgan». Magnitofon tasmasidan «Munojot» kuyi yangraydi. Sahnaga ikki boshlovchi chiqib keladi.

1-boshlovchi:

–       Assalom, Navoiy, mo’tabar ustoz!

Xalqim e’zozlagan buyuk ajdodim.

Assalom, bobojon, buyuk alloma,

Yo’lim yoritguvchi porloq quyoshim!

2-boshlovchi:

–       Nurli o’tmishimiz nurafshoni – siz,

Buyuk bir millatning buyuk shonisiz.

Bobojon, dillarda so’nmas mehringiz,

Avlodlar g’ururi, qalb, vijdonisiz.

1-boshlovchi:

– Assalomu alaykum, aziz ustozlar, hurmatli ota-onalar va qadrdon o’quvchilar! Mana bugun g’azal mulkining sultoni, o’zbek xalqining buyuk shoiri Alisher Navoiy tavalludining 572 yilligini respublikamiz xalqi keng nishonlamoqda. Shu jumladan, maktab o’quvchilari – bizlar ham.

2-boshlovchi:

– Ma’lumingizkim, o’zbek adabiy tilining asoschisi, adabiyotimizning sovnmas yulduzi, buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida tavallud topganlar. Yosh Alisher bolaligida o’tkir zehnli va ziyrak, ilmga chanqoq bo’lgan, 4-5 yoshidanoq o’qish va yozishni bilib borgan.

1-boshlovchi:

– Chunki Alisherning otasi G’iyosiddin Kichkina ham ilmli kishi bo’lib, o’g’lining xat-savod chiqarishida, ilmli bo’lishida katta yordam bergan.

2-boshlovchi:

– Navoiy bobomiz o’zbek va fors tillarida ijod qilib, o’zbekcha she’ru g» azallariga Navoiy, forscha she’rlariga esa Foniy nomli taxalluslarni qo’yar edilar.

1-boshlovchi:

– Buyuk bobomiz Navoiy umri davomida ko’plab asarlar yozdilar. Besh buyuk dostonni o’z ichiga olgan «Xamsa» asari, «Xazoyin-ul maoniy», «Mahbub-ul qulub» va boshqa ko’plab asarlari shular jumlasidandir.

2-boshlovchi:

– Shoir bobomizning she’rlari hanuz tillardan tushmay, yod olinmoqda.

Maftuna:

– Boshni fido ayla ato boshig’a,

Jismni qil sadqa ano qoshig’a.

Tun-kuningga aylagali nurposh

Birisin oy angla, birisin – quyosh.

Farangiz:

– G’urbatda gxarib shodmon bolmas emish,

El anga shafiqu mehribon bolmas emish.

Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,

Bulbulga tikondek oshiyon bolmas emish.

Jo’rabek:

– Odami ersang demagil odami,

Oniki yo’q xalq g’amidin g’ami.

Zuhriddin:

– Kimki ulug’roq – anga xizmat kerak,

Kimki kichikroq – anga shafqat kerak.

Behzod:

– Adolat ila olam yuzin obod qil,

Xulq ila elini shod qil.

Madina:

– Haq yo’lida kirn senga bir harf o’qitmish ranj ila,

Aylamak bo’lmas ado oning haqin ming ganj ila.

(Navoiy ijodi asosida tayyorlangan sahna ko’rinishi namoyish etiladi).

1-boshlovchi:

– Sinfimiz o’quvchilari ulug’ allomalarimiz – Mavlono Lutfiy, Bobur mirzo, Davlatshoh Samarqandiy va Navoiy siymolarida sahna ko’rinishini tayyorlaganlar. Demak, sahna ularga muntazir.

(Ular sahnaga chiqib kelishadi, zalda qarsaklar).

Lutfiy:

– Agar imkon bo’lsa edi, o’zimning 10-12 ming forsiy va turkiy baytlarimni Navoiyning bir g’azaliga almashtirardim va bu ishning yuzaga chiqishini zo’r muvaffaqiyat hisoblardim.

Bobur:

– Alisherbek benazir inson erdi. Turkiy til bila she’r aytibdurlar. Hech kirn oncha ко’р va хо’b aytqon emas.

Davlatshoh Samarqandiy:

– Bu ulug’ amir dinu davlat homiysi, shariat hamda millatning pushti panohidir.

(Navoiy barcha aytilgan so’zlarni yengil ta’zim bilan qabul qilib turadi).

Navoiy:

– Chun tortim ul kalom ichra kamol,

Turk alfozi bila surdim maqol,

Turk nazmida chu men tortib alam,

Ayladim ul mamlakatni yak-qalam.

1-boshlovchi:

– Bobokalonimiz Navoiy umrining oxirigacha ijod qilib, odamlardagi eng yaxshi insoniy fazilatlarni maqtab, alqab, yomon illatlardan qochishga undadi.

2-boshlovchi:

– Navoiydan meros bo’lib qolgan ko’plab hikmatii so’zlar xalq maqollari kabi bizni ezgulikka chorlaydi.

(O’quvchilar shoirhing asarlaridan olingan hikmatii so’zlardan va she’rlardan namunalar о’qiydilar).

Umid –

«N» harfi:

– Necha buyuk aylasang so’zingni,

Ondin buyuk etgaysan o’zingni.

Zilola –

«A» harfi:

– Aytar so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt.

Azizbek –

«V» harfi:

– Vafosizda hayo yo’q, hayosizda vafo yo’q.

Gulhayo –

«O» harfi:

–       Olim bolsang, olam seniki.

Behruz –

«I» harfi:

– Izzat topmas kimki, qanoatsiz erur,

Har kimda hasad bo’lsа, rohatsiz erur.

Gulruh

«Y» harfi:

– Yigitlik chog’i yig’gil ilm mahzani,

Qarilik chog’i sarf qilgil ani.

(Navoiy g’azali bilan qo’shiq aytiladi, so’ng kichik sahna ko’rinishi namoyish etiladi)

Husayn Boyqaro o’z mulozimlariga dunyodagi eng yoqimli hidni topib kelishni buyuradi. Ular turli hidli narsalar (gul, qalampirmunchoq) olib kelishadi, biroq Husayn Boyqaro ularni rad qilib, uch kun muhlat beradi, agar topisholmasa, jazolashini aytadi. Mulozimlari Navoiydan maslahat so’raydilar. Navoiy bobomiz yangi yopilgan non olib borishni maslahat beradilar. Ular xuddi shunday qilishadi. Husayn Boyqaro ko’nglidagi hidni topgan Navoiy ekanligini bilgach, unga hurmati yanada ortadi va yangi sarpolar kiydiradi.

1-boshlovchi:

– So’zingiz buyukdir, o’zingiz buyuk,

Buyuk merosingiz iftixorimiz.

Biz uchun har nedan ortiqroq suyuk

Yozgan asaringiz, aytgan so’zingiz.

2-boshlovchi:

– Yurakdagi faxrim, g’ururim sizsiz,

Bobojon, ruhingiz bizni qollasin.

Aviodlar qalbida so’nmas sham kabi

Nurli manzillarga bizni yo’llasin.

(Bayram tadbiri «Munojot» qo’shig’i bilan yakunlanadi).

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan